Maxfiylik siyosati

Oxirgi tahrir: 2026-09-10

ENGLEV platformasidan foydalanganda qanday ma'lumot to'planishini, u nima uchun kerakligini va kimga uzatilishini shu hujjat tushuntiradi. Biz faqat xizmat ishlashi uchun zarur bo'lgan ma'lumotni yig'amiz.

1. Qanday ma'lumot to'planadi

Ro'yxatdan o'tganingizda va platformadan foydalanganingizda quyidagilar saqlanadi:

  • Hisob ma'lumotlari: elektron pochta, parol (shifrlangan holda, biz uni ochiq ko'ra olmaymiz), telefon raqami — qaysi usulda ro'yxatdan o'tganingizga qarab.
  • Google orqali kirsangiz: Google hisobingizdagi ism, elektron pochta va profil rasmi.
  • Profil: ismingiz, maqsad qilingan band, daraja va sozlamalar.
  • O'quv faoliyati: yechgan testlaringiz, javoblaringiz, ballar, xatolar tahlili va statistika.
  • Speaking yozuvlari: mikrofonga aytgan javobingizning audio fayli.
  • Writing javoblari: yozgan matningiz va unga berilgan baho.
  • Texnik ma'lumot: brauzer turi, qurilma, taxminiy joylashuv (mamlakat darajasida) va sahifalarga kirish vaqti.

2. Ma'lumot nima uchun ishlatiladi

  • Hisobingizni yaratish va kirishni ta'minlash.
  • Test natijalarini hisoblash, saqlash va statistikangizni ko'rsatish.
  • Writing va Speaking javoblaringizni sun'iy intellekt yordamida baholash.
  • Sotib olingan tarifni faollashtirish va uning muddatini kuzatish.
  • Xizmatdagi xatolarni topish va ishlashini yaxshilash.
  • Sizga tegishli bildirishnomalarni yuborish (agar ruxsat bergan bo'lsangiz).

Ma'lumotingiz reklama maqsadida uchinchi shaxslarga sotilmaydi va ijaraga berilmaydi.

3. Ma'lumot kimga uzatiladi

Xizmat ishlashi uchun quyidagi provayderlardan foydalanamiz. Ular ma'lumotni faqat bizning topshirig'imiz doirasida qayta ishlaydi:

  • Google (Firebase) — autentifikatsiya, ma'lumotlar bazasi, fayl saqlash, hosting va analitika. Ma'lumotlar Google serverlarida saqlanadi.
  • Google Gemini API — Writing matnlaringiz va ba'zi Speaking javoblaringiz baholash uchun shu xizmatga yuboriladi.
  • OpenAI — Speaking tahlili, lug'at va tarjima funksiyalarida ishlatiladi; unga tegishli matn yoki transkript yuboriladi.
  • Cloudflare — audio va rasm fayllari tezroq yetib borishi uchun CDN sifatida.
  • Telegram — to'lovni tasdiqlash va bot orqali kirish uchun; bot bilan yozishganingizda Telegram hisobingiz identifikatori bizga ko'rinadi.

Bulardan tashqari, ma'lumot faqat O'zbekiston Respublikasi qonunchiligi talab qilgan hollarda va faqat vakolatli organga taqdim etilishi mumkin.

4. Ma'lumot qancha saqlanadi

  • Hisob va o'quv natijalari — hisobingiz mavjud bo'lgan davrda saqlanadi.
  • Speaking audio yozuvlari — 60 kundan keyin avtomatik o'chiriladi. Baho va izoh saqlanib qoladi, audio fayl esa yo'q qilinadi.
  • To'lov bilan bog'liq yozishmalar — buxgalteriya talablari doirasida saqlanadi.

5. Sizning huquqlaringiz

Istalgan vaqtda quyidagilarni so'rashingiz mumkin:

  • Siz haqingizda saqlanayotgan ma'lumotni ko'rish.
  • Noto'g'ri ma'lumotni tuzatish.
  • Hisobingizni va unga bog'liq ma'lumotni butunlay o'chirish.
  • Bildirishnomalardan voz kechish.

Buning uchun bizga murojaat qiling: bekstar11@gmail.com. So'rovni oldingizdan shaxsingizni tasdiqlagan holda ko'rib chiqamiz va 30 kun ichida javob beramiz.

6. Xavfsizlik

Ma'lumotlar HTTPS orqali uzatiladi. Bazaga kirish huquqlari server tomonida cheklangan: har bir foydalanuvchi faqat o'ziga tegishli yozuvlarni o'qiy oladi, Speaking yozuvlari esa faqat egasi va o'qituvchiga ochiq. Shunga qaramay, internetda hech bir tizim 100% xavfsiz emas — parolingizni boshqalarga bermang va boshqa saytlardagi parolni takrorlamang.

7. Bolalar

Platforma 16 yoshdan kichik bolalarga mustaqil foydalanish uchun mo'ljallanmagan. 16 yoshgacha bo'lgan o'quvchi ota-ona yoki qonuniy vakil roziligi bilan foydalanadi.

8. O'zgarishlar

Siyosat yangilanishi mumkin. Muhim o'zgarishlar bo'lsa saytda xabar beramiz; sahifa yuqorisidagi "Oxirgi tahrir" sanasi qaysi tahrirni o'qiyotganingizni ko'rsatadi.

Rekvizitlar

Xizmat ko'rsatuvchi:
YaTT Jo'raboyev Aslbek Alisher o'g'li
STIR:
544334132
Manzil:
Toshkent sh., Yangihayot tumani, Navro'z MFY, 53/11
Elektron pochta:
bekstar11@gmail.com
Telefon:
+998 91 518 18 44